Toshkentdagi aviachiptalar sotuvi bosh ofisi —  Uzbekistan Airways Sales  yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2022 yil iyul-avgust oylari mobaynida yangi ish jadvaliga o'tmoqda.

Yo'lovchilarga yanada qulay bo'lishi uchun 2022 yilning 5 iyulidan boshlab  Uzbekistan Airways Sales filiali har kuni soat 09:00 dan 21:00 gacha faoliyat ko'rsata boshlaydi.

Bu esa yo'lovchilarga yanada ko'proq xizmat ko'rsatishga imkon beradi. 
 
Ma'lumot uchun:  Uzbekistan Airways Sales  filiali quyidagi manzilda joylashgan: Amir Temur shohko'chasi, 51-uy.