ICT Weyek 2024 haftaligining birinchi kunidagi asosiy voqealaridan biri – "UZTELECOM" tomonidan 5.5G tarmogʻining eʼlon qilinishi boʻldi. 5.5G standarti 6G ning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bu jamiyat uchun cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi: katta hajmdagi fayllarni bir zumda yuklab olish va virtual reallikdan bahramand boʻlish imkonini beruvchi oʻta yuqori tezlikdagi Internetdan tortib, aqlli shaharlar va innovatsion sanoatni rivojlantirishgacha.
Yangi avlod aloqasining namoyishi oliy martabali mehmonlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning shaxsan oʻzi 5,5G ning aql bovar qilmaydigan tezligini namoyish etdi. Namoyishkorona sessiyadagi tarmoq tezligi 4942,24 Gbit/s ni tashkil etdi.
"Oʻzbekistonda 5,5G texnologiyasining ishga tushirilishi kelajakka qoʻyilgan qadamdir. Bugungi kundagi barcha mavjud standartlardan yuqori boʻlgan maʼlumotlarni uzatish tezligi yuqori oʻtkazish qobiliyatini talab qiladigan xizmatlardan erkin foydalanish imkonini beradi.
Qulay hayot kechirishi uchun insonga 5G yetarli, ammo bu quvvatli texnologik biznes uchun har doim ham yetarli emas. 5.5G novatorlarga dunyoni oʻzgartirish – innovatsiyalarni joriy etish, aqlli shaharlarni yaratish, Internet mahsulotlari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Bu shunchaki Internet tezligining oshishi emas – bu samaradorlikning yangi darajasi.
Huawei kompaniyasiga ushbu loyihada hamkorlik qilgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Bizning mustahkam hamkorligimiz 5.5G ni muvaffaqiyatli ishga tushirishda asosiy omil boʻldi. Ishonchimiz komilki, bu yutuq texnologiyani yanada rivojlantirish uchun kuchli turtki boʻladi", – deb taʼkidladi “Oʻzbektelekom” AK “OʻzMobayl” filiali direktorining texnik masalalar boʻyicha oʻrinbosari Temur Mansurov.
Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida "UZTELECOM" Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyat markazlarida 5G tarmogʻi ishga tushirilishi haqida xabar bergan edi.
ICT Weyekning birinchi kunida boshqa koʻplab qiziqarli tadbirlar oʻtkazildi. “UZTELECOM” stendiga tashrif buyuruvchilarni Kompaniya yangi mahsulotlarining taqdimoti, yoqimli sovgʻalar va “UZTELECOM” xizmatlarini boshqarish qanchalik oson» hamda “VoWi-Fi nima” foydali mahorat darslarida qatnashish imkoniga ega boʻlishdi. Shuningdek, “UZTELECOM” stendining mehmonlari qiziqarli viktorinalar va interaktiv tanlovlarda ishtirok etishdi. 19-sentyabr kuni esa eng faol ishtirokchilar Samsung Crystal UHD 55ʼ Smart televizorlari, TelecomTV uchun Apple TV pristavkalari va Huawei quloqchinlarini yutib olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
ICT Weyek 2024 haftaligi doirasida “UZTELECOM” xalqaro va mahalliy kompaniyalar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
Oldinda bizni ICT Weyek 2024 haftaligining yana uch kunlik yorqin dasturlari kutmoqda! Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Mahorat darslarida qatnashish, sovrin yutib olish va eng yangi texnologiyalarni birinchilardan boʻlib sinab koʻrish uchun “UZTELECOM” stendiga tashrif buyuring! Kirish bepul.
Hamkorlik materiali