Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Buxoroda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 19-may kuni Buxoroga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar.