12-mart kuni V Toshkent Xalqaro marafoni hamda respublikamizning 13 ta shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tadi.
Bu yilgi musobaqalar turli masofalarda o'tkaziladi va ularda professional sportchilar qatori barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, joriy yilda ilk bora bolalar o'rtasida "Kids Run” ommaviy yugurish musobaqasi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tadbir haqida batafsil 24-fevral kuni soat 14:30da "Bunyodkor" stadionining anjumanlar zalida bo'lib o'tadigan matbuot anjumanida ma'lumot beriladi.