Kuvaytda oʻtadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi kecha Jizzaxda Tojikiston termasi bilan uchinchi marta bahslashdi.
Birinchi uchrashuvda 4:4, ikkinchi uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Bahodir Ahmedov shogirdlari uchinchi uchrashuvni yuqori saviyada oʻtkazdi va 5:1 hisobida gʻalaba qozondi.