Tadbirda Toʻrtkoʻl savdo kompleksi oldida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan fuqaro X.K. boshqa bir fuqaro Yu.ga 2 900 AQSH dollarini 32,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.