Valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

    Valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar xorijiy valyutani sotgan vaqtida ushlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yozyovon tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.A. va A.Yo.lar jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro R.M.ga 34,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan 3 200 AQSH dollari, 5 300 Rossiya rubli va 22,7 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.