Valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

    Bektemir tumani hududida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.Sh. jami 10 000 AQSH dollarini fuqaro M.A.ga 114 mln soʻmga sotgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Bektemir tumani hududida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.Sh. jami 10 000 AQSH dollarini fuqaro M.A.ga 114 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan E.Yu. fuqaro T.B.ga jami 4 100 AQSH dollarini 46,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.