Valyuta qimmatliklarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

    Margʻilon” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan N.T. jami 4 400 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 50,5 mln soʻmga sotgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan Fargʻona tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Margʻilon” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan N.T. jami 4 400 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 50,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Oʻzbekiston tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanuvchi A.T. fuqaro B.A.ga jami 4 000 AQSH dollarini 45,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.