— Ushbu xalqaro forumda qatnashganimdan juda mamnunman. 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanishga doir kun tartibi global rivojlanish sohasida yangi bobni ochdi.
Xitoy doimo barqaror rivojlanish konsepsiyasi tarafdori, ishtirokchisi va amaliyotchisi boʻlib kelgan va uni milliy strategiya sifatida ilgari surgan.
Butunxitoy xalq vakillari yigʻilishi qonun chiqaruvchi organ sifatida barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun huquqiy tizimni yaratish va takomillashtirishga intiladi. Butunxitoy xalq vakillari yigʻilishi oʻz majburiyatlarini bajarishda innovatsiyalarni rivojlantirishning yangi konsepsiyasini, muvofiqlashtirishni, atrof muhitga zarar yetkazmaslikni, ochiqlik va birgalikda foydalanishni qatʼiy amalga oshiradi, qonun hujjatlarining asosiy funksiyalaridan toʻliq foydalanadi va barqaror rivojlanish sohasidagi qonunchilikni jadal targʻib qiladi.
Ishonamanki, birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan ushbu forum kerakli natijalar beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati