“Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali hayotimda zarhal harflar bilan yozilib qoladigan boʻldi. Besh kun mening uchun unutilmas lahzalarga boy oʻtdi. Tojikiston va Janubiy Koreya Respublikalaridan tashrif buyurgan doʻstlarimizning ijodiy ishlari,oʻzbekistonlik yosh rejissyorlar hamda aktyorlarning hujjatli filmlari menga yoqdi.  

Hakamlar bizning ijodiy ishlarga alohida eʼtibor berdi. Kamchilik va yutuqlarimizni roʻy-rost aytishdi. Asosli tanqid qildi. Eng muhimi, hech kim bundan xafa boʻlmadi. Chunki besh kun davomida qaysi janrda boʻlsa ham mukammal kartina yaratish qiyin. Natijalar ham, gʻoliblik ham nisbiy. 

Muhimi, doʻstlar orttirdim. Oʻzim uchun Oʻzbekistonni yangidan kashf kashf etdim. Festivalda ijodiy jamoamiz bilan taqdim etgan kartinamiz ssenariysi hakamlar tomonidan alohida nominatsiya bilan taqdirlandi. Har yili oʻtkazilishi aytilayotgan bu festivalga kelasi yili ham kelishga, yaxshi tayyorgarlik koʻrib, bosh sovrinni olishga harakat qilaman.