Abdurahmonov Yahyo 1985-yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 1999-2003-yillarda Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasini tamomlagan. 2004-2008-yillarda Toshkent islom institutida taʼlim olgan. Shu davr oraligʻida Misr Arab Respublikasidagi “al-Azhar” universitetida malaka oshirgan.
2009-2011-yillarda Oʻzbekiston milliy universitetining Oliy jurnalistika fakultetida oʻqigan.
2004-2018-yillarda Toshkent shahri Yunusobod tumani “Kulol qoʻrgʻon” jome masjidida imom noibi, imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.
2018-yilda Toshkent shahridagi tumanlararo qorilar musobaqasining mutlaq gʻolibi, shahar boʻyicha 2-oʻrin sohibi boʻlgan.
2018-yilda “Eng maʼrifatli imom” koʻrik tanlovi Toshkent shahridagi bosqichi gʻolibi, Respublika bosqichida esa 2-oʻrinni egallagan.
Ayni vaqtda Toshkent shahri Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, ushbu tumandagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent islom instituti “Tajvid” fani oʻqituvchisi va Xalqaro islom akademiyasining mustaqil tadqiqotchisi hisoblanadi.