“Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati maʼlum qilishicha, poytaxtni suv bilan taʼminlovchi katta hajmdagi suv quvurlarida taʼmirlash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Maxsus guruhlar poytaxtning bir-biriga bogʻliq bir necha joylarida tinimsiz ishlamoqda. Maqsad ishni tezroq yakunlab, suv taʼminotini tiklash.

Maʼlum qilinishicha, 2021-2022-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida esa har yilgiga nisbatan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yopqichlar va yongʻin xavfsizligi texnikalari uchun xizmat qiluvchi maxsus joʻmraklar va boshqa vositalarning yangilanishi bilan birga eskirgan yirik hajmdagi suv quvurlari ham almashtirilmoqda.

Bunday taʼmirlash ishlari avvaldan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Bu haqda isteʼmolchilar ham oldindan ogohlantirilgan. Aholi punktlariga maxsus texnikalarda suv yetkazilmoqda, deyiladi xabarda.