Shuningdek, tashkilotning Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi Yashnobod tumani Oʻquv sport texnik klubining karting sporti seksiyasi sportchisi, 11 yoshli Amir Hamroyev ushbu musobaqaning “Super-mini” sinfida bellashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida Qozogʻistonda oʻtkazilgan Respublika turnirining 1-bosqichida ham Amir Xamrayev faxrli birinchi oʻrinni egallab, ushbu sport turi boʻyicha oʻz tengdoshlari orasida tengsizligini isbotlagan edi.