Vazir chimboylik yoshlar bilan onlayn muloqot qildi

    Ijtimoiy hayot 26 May 2021 1104

    Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Hidoyatov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani yoshlari bilan onlayn tarzda ochiq muloqot oʻtkazdi.

    — Bunyodkorlik jarayonlari yoshlarimiz ilgari surayotgan loyiha va tashabbuslarni yuzaga chiqarishda, ularning el-yurtimizga fidoyi rahbar va mutaxassis, haqiqiy shaxs boʻlib shakllanishida beqiyos oʻrin tutadi. Xususan, uy-joy kommunal soha rivojida ham malakali kadrlar bugun suv va havodek zarur. Chunki sohani isloh qilishda qator dasturlar, chora-tadbirlar ishlab chiqilgani bilan belgilangan vazifalarni amalga oshiruvchi munosib mutaxassislarsiz koʻzlangan natijalarga erishib boʻlmaydi, — dedi Sherzod Hidoyatov.

    Vazir tomonidan uchrashuvga yigʻilgan yoshlarning toza ichimlik suvi taʼminoti, tashqi yoritgichlar va “Obod mahalla” dasturiga oid barcha savol va takliflari inobatga olinib, muammolarni bartaraf etish uchun joyida tegishli koʻrsatmalar berildi. Borib oʻrganilishi lozim boʻlgan masalalar esa yozib olindi, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.