Agentlik rahbariyati va yosh kinoijodkorlar ishtirokidagi mazkur uchrashuvda Bosh vazir oʻrinbosari sohada yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularning yutuq va kamchiliklari haqida yosh kinoijodkorlarning oʻzlari bilan samimiy suhbat olib bordi.
Shuningdek, uchrashuv davomida 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan suratga olinayotgan videoroliklar boʻyicha ham gaplashildi. Bundan tashqari, yoshlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qisqa metrajli filmlarni moliyalashtirishda hukumat hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagi bilan olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuv davomida Aziz Abduhakimov yoshlarning ham fikr va takliflarini tinglab, ularning kelgusidagi faoliyatida, oʻqish va ishlarida omad tiladi.