Fransiyaning In&Motion kompaniyasi patentlangan In&box texnologiyasiga asoslangan Stan tizimini ishlab chiqdi. Bu esa velosipedda xavfsiz harakatlanish imkonini beradi.
Tizim velosiped ryukzagi, havo yostig'i va velosiped haydovchisining holatini kuzatuvchi va favqulodda vaziyatlarda himoyani faollashtiradigan elektron moduldan iborat. Sinovlar shuni ko'rsatdiki, yostiq tananing yuqori qismini va birinchi navbatda boshni an'anaviy velosiped bosh kiyimiga qaraganda 80 foizga samaraliroq himoya qila oladi.
Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, qulash xavfi mavjud bo'lganda, Stan xavfsizlik yostig'i soniyaning o'ndan birida ishlaydi. Favqulodda qutqaruv xizmatiga qo'ng'iroq qilishga zarurat yuzaga kelsa, foydalanuvchi maxsus smartfon ilovasidan foydalanishi va hatto GPS orqali o'z koordinatalari haqida xabar berishi mumkin.
Stanning katta afzalligi – bu keng va xushbichim qilib ishlangan 18 litrli ryukzak bo'lib, unga yostiqdan tashqari shaxsiy buyumlar, shuningdek, noutbuk va smartfon osongina joylashishi mumkin.
In&Motion kompaniyasi uni ommaviy ishlab chiqarishni boshlash rejalari haqida hali e'lon qilmadi va o'z ixtirosini takomillashtirishda davom etmoqda.