“VietJet Air” aviakompaniyasi Xoshimin va Toshkentni to'g'ridan-to'g'ri reyslar bilan bog'laydi. Kompaniya yurtimizga parvozlarni rejalashtirmoqda. Birinchi yo'lovchi reysi 15-dekabrga belgilangan, deb xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” AJ.

Parvozlar “Airbus A-330” samolyotlarida 10 kunda 1 marta amalga oshiriladi.

Ma'lumot uchun, VietJet Air — xalqaro arzon (loukoster) aviakompaniya bo'lib, Vetnamda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Xoshimin shahrida joylashgan birinchi xususiy aviakompaniyadir. So'nggi besh yil davomida “AirlinesRating” tomonidan eng yaxshi ultra arzon aviakompaniya sifatida e'tirof etilgan.