Vodiyga boradigan poyezd endi Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzalidan joʻnaydi

    Transport 24 Noyabr 2020 1739

    Toshkent-Andijon-Toshkent yoʻnalishida harakatlanib, yoʻlovchilarning uzogʻini yaqin qilib kelayotgan 92/91-sonli hamda 94/93-sonli yoʻlovchi poyezdlari harakatida oʻzgarish boʻlmoqda.

    Bugungi kungacha Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanib kelayotgan mazkur poyezdlar, 2020-yil 26-noyabrdan boshlab, Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzalidan harakatlanishni boshlaydi. Harakat jadvalida esa oʻzgarishlar boʻlmaydi.

    “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ maʼlum qilishicha, qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.