Shu kunlarda Urganch shahrida voleybol boʻyicha faxriy erkaklar va ayollar oʻrtasida Respublika ochiq kubogining 1-tur oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda. Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashqari, qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasidan ham faxriylar jamoalari ishtirok etyapti.
Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda jami 8 ta jamoa ikki guruhga boʻlingan holda musobaqalashmoqda.
“A” guruhi:
1. Fargʻona viloyati,
2. Quva tumani (Fargʻona vil.),
3. Andijon viloyati,
4. Namangan viloyati
“B” guruhi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
2. Xorazm viloyati,
3. Jizzax viloyati,
4. Samarqand viloyati
Ayollar oʻrtasidagi musobaqalarga esa yon qoʻshnimiz Qirgʻizistondan ikkita jamoa qatnashayotgani bahslarning shiddatli va murosasiz oʻtishini taʼminlamoqda.
“A” guruhi:
1. “Osh” (Qirgʻiziston Respublikasi),
2. “Batken” (Qirgʻiziston Respublikasi),
3. Namangan viloyati,
4. Andijon viloyati
“B” guruhi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
2. Xorazm viloyati,
3. Samarqand viloyati