Qayd etilishicha, musobaqaning soʻnggi kuni doirasida yakkalik bellashuvlari tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, yakunda ularning 13 nafari shohsupadan joy oldi. Sportchilarimiz kun yakunida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Oltin medal:

  • -58 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
  • -68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev
  • -80 kg: Ozodbek Mamadaliyev
  • +80 kg: Yodgorbek Joʻraboyev
  • -49 kg: Madina Shoniyozova
  • -57 kg: Shabbona Abduvaliyeva
  • -67 kg: Ozoda Sobirjonova
  • +67 kg: Svetlana Osipova

Kumush medal:

  • -58 kg: Omonjon Otajonov
  • +80kg: Azizbek Abduqodirov

Bronza medal:

  • -58 kg: Kamronbek Mansurov
  • -58 kg: Mirdiyor Mirayimov
  • -67 kg: Sevnich Hayitova