Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʼzbekiston Milliy paralimpiya qoʼmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev,  Oʼzbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri oʼrinbosari Аvaz Karimov,  Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi bosh kotibi Oybek Qosimov va koʼplab ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali kutib oldi.

Oʼz navbatida Endryu Parsons ham Oʼzbekistonga ilk tashrifi bu qadar iliq boshlanganidan mamnun ekanini bildirdi.  

Eslatib oʼtamiz,  Xalqaro Paralimpiya qoʼmitasi prezidentining yurtimizga rasmiy tashrifi 2 oktyabrga qadar davom etadi.

Oʼzbekiston milliy paralimpiya qoʼmitasi matbuot xizmati