BMT ekspertlari Iqlim o'zgarishi bo'yicha hukumatlararo guruhi monitoringi va ilmiy tadqiqotlari natijalariga ko'ra, 2025-yilga kelib Yerda iqlimi o'zgarishi yana jadal tus oldi. Yuzaga kelgan ayrim o'zgarishlarni ortga qaytarib bo'lmaydi, ammo 66 mamlakatdan to'plangan 234 ekspert umidni yo'qotishmagan. Insoniyat bu boradagi salbiy o'zgarishlar ko'lamini cheklashga qodir. Atmosfera sifatini yaxshilash va global haroratni barqarorlashtirish uchun qazilma yonilg'idan imkon qadar tezroq voz kechish va havoga zararli moddalar tarqalishini kamaytirish zarur.
Iqlim o'zgarishi deganda nima tushuniladi?
Ob-havoda keskin o'zgarish holatlari va haroratning uzoq muddatli o'zgarishlari iqlim o'zgarishini anglatadi. Buning sabablari tabiiy, jumladan, quyosh faolligining davriy tebranib turayotgani, fasllar almashinuvidagi an'analar buzilishi, vulqonlar faollashuvi ham ta'sir ko'rsatmoqda.
Ko'mir, neft va gaz kabi qazilma yoqilg'i va yonilg'i turlaridan haddan ziyod ko'p foydalanish tabiatga eng ko'p zarar yetkazayotir. Mutaxassislar fikriga ko'ra, Yer iqlimi keyingi 150 yil mobaynida keskin darajada o'zgardi va bunda asosiy harakatlantiruvchi omil insonlar faoliyatidir.
Ikki oksidli uglerod va metan tashlamalari — bu, avtomobillar foydalanayotgan yonilg'i va sanoatda, binolarni isitishda qo'llanilayotgan ko'mirdan foydalanish natijasi. Bugungi kunda iqlim o'zgarishiga qarshi kurash davlatlardan ko'p moliyaviy mablag' talab qiladi albatta. Ammo umuman harakat qilmaslik bundanda qimmatga tushishi mumkin.
Iqlim o'zgarishining bugungi alomatlari
1. Global harorat ko'tarilishi
2011 – 2020-yillar amalga oshirilgan butun kuzatuvlar tarixida eng iliq issiq davr deb baholandi. Yer yuzining deyarli barcha mintaqalarida issiq va anomal` kunlar soni ko'paydi. Shu sababli kasallanish oshdi, ochiq havoda ishlash yanada qiyinlashib borayapti, tabiatda yong'in yuzaga kelishi ko'paydi.
2. Dovul kuchayishi
Qirg'oq bo'ylarida joylashgan mamlakatlarda kuchli to'fon, po'rtanalar sodir bo'lishi oshdi. Harorat oshishi va bug'lanish kuchayishi natijasida jala va suv toshqini tez-tez yuzaga kelmoqda. Iliq okean suvlarida keyinchalik kuchayib yaqin joylardagi uylar va aholi turar joylarini buzib yuboradigan tropik dovul, to'fon yuzaga keladi va bu odamlar o'limiga, katta iqtisodiy yo'qotishlarga sabab bo'ladi.
3. Tuproq yaroqsizligi
Iqlim o'zgarishi oqibatida ichimlik suv tanqisligi oshib borayotir, bu ayniqsa suv resurlari avvaldan kam bo'lgan mintaqalarda yaqqol sezilib bormoqda. Dunyoda qishloq xo'jaligi va ekologya tizimida yanada qurg'oqchilik oshib, hosildorlik va ekologik tizimga ta'mir ko'rsatayapti. Cho'l maydonlari hududi yil sayin oshib ko'payib ketayotir.
4. Dunyo okeanlari sathi oshishi
Juda katta maydonga ega okeanlar global isish oqibatida yuzaga kelayotgan issiqlikni tez yutib yuboradi. Oxirgi 20 yilda okeanlar suvi isishi tezligi ancha kuchaygan. Okean sathining ko'tarilishi ayni paytda Arktika va Antarktida muzliklari tez erib ketishiga olib bormoqda. Bularning bari qirg'oq bo'yi mamlakatlari va orollarda yashovchi aholiga xatar soladi. Shu bilan birga bu jarayonlar suv osti flora va fauna olamiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Mazkur tahliliy maqolada iqlim o'zgarishini keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar, uning oqibatlari, jumladan hayvonot va o'simlik dunyosi turlarining yo'qolib ketishi, oziq-ovqat etishmasligi, salomatlikka xatar kuchayishi, ocharchilik va migratsiya faollashuvi kabi bir-biriga bog'lanib ketgan qator muammolar borasida so'z yuritilgan.
Xulosada, bu muammoni bir mamlakat yoki mintaqa doirasida hal qilib bo'lmasligi, butun dunyo mamlakatlari hamjihatligidagina kutilgan natijaga erishish mumkinligi alohida ta'kidlanadi, deb xabar beradi kp.ru.








