Uchrashuvda “Qirgʻiziston temir yoʻli” MK” davlat korxonasi bosh direktori A. Sakiyev, Afgʻoniston temir yoʻllari Bosh direktori Baxt ul-Rahmon Sharafat, shuningdek, Xitoyning “Wagkhan Corridor” logistika kompaniyasi, Xitoy vakili janob Mao va Afgʻoniston vakili Janob Zabiulloh ishtirok etdi.
Ushbu koridor orqali yuklarni Xitoyning Qashgʻar temir yoʻl stansiyasidan Qirgʻizistondagi Oʻsh temir yoʻl stansiyasiga, Oʻsh stansiyasidan Afgʻonistondagi Xayraton stansiyasiga temir yoʻl orqali tashish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar yillik yuk tashish hajmi 3 500 konteynerni tashkil etadi va kelajakda yiliga 60 mingtagacha konteyner tashish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, raqobatbardosh tarif siyosatini hisobga olgan holda, tomonlar kelajakda tarif chegirmalari masalasini muhokama qilishga va keyingi uchrashuvda tarif stavkalarini taqdim etishga kelishib oldilar.
Uchrashuv davomida tomonlar yoʻlakni rivojlantirish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishlarini va yangi tashabbuslarni faol qoʻllab-quvvatlashlarini taʼkidladilar, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.