Zhuque-2ning uchirilishi chorshanba kuni Pekin vaqti bilan soat 09:00da Xitoy shimolidagi Szyutsyuan kosmodromida amalga oshirildi.

O'tgan yilning oktyabr oyida Xitoy yangi TQ-15A yuqori quvvatli suyuq kislorod-metan dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazdi. Raketaning  uchirilishi ushbu texnologiyani sohada qo'llashga bo'lgan ikkinchi urinishdir. Bunday raketaning birinchi uchirilishi dekabr oyida amalga oshirilgan, biroq ikkinchi qismdagi dvigatelning nosozligi tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Zhuque-2ning diametri 3,35 metr bo'lib, uzunligi 49,5 metrga, og'irligi 216 tonnaga yetadi. U 4 tonna og'irlikdagi yukni taxminan 500 kilometr balandlikka, 6 tonnali yukni esa 200 kilometr balandlikka yetkazish imkoniyatiga ega. Kelajakda LandSpace har yili 15 tagacha shunday raketa ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi tass.ru.