Dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti bo'lgan Xitoy raqamli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish borasida jahonda etakchilik qilmoqda. Bundan tashqari, Pekin milliy pul birligi – yuanning raqamli turini chiqarishga tayyorlanmoqda.

Qayd etilishicha, hukumat poytaxt aholisiga yaqin orada tajriba tariqasida qariyb 1,5 mlrd. dollarni yangi raqamli valyuta shaklida ajratadi. Tajribada 50 ming nafarga yaqin poytaxtlik ishtirok etishi va ularning har biriga raqamli shakldagi 200 yuandan berilishi rejalashtirilgan.

Onlayn-yuan bilan offlayn tartibda hisob-kitob qilish imkoni borligi ham ma'lum qilingan. Valyutani tajribada ko'zda tutilgan ma'lum do'konlarda sarflash mumkin. Qayd etilishicha, elektron valyutalarni muomalaga kiritish qog'oz pullarga qaraganda ancha arzonga tushadi.

Eng muhimi, yangi turdagi muomalaga kiritilsa, pul yuvish va moliyaviy firibgarliklar bilan bog'liq jinoyatlarga barham beriladi.