Loyiha qiymati 1,6 million AQSH dollarni tashkil etuvchi ushbu texnoparkdagi agro klaster, toʻqimachilik va trikotaj texnologiyalari, elektromexanika va avtomatlashtirish, tekstil sanoatida boshqaruv va marketing fakultetlarida sohaning yetuk mutaxassislari tayyorlanadi. Amaliyot jarayonlariga Turkiya va Xindiston davlatidan mutaxassis-xodimlar jalb etiladi.

Shuningdek, moda dizayni, marketing, tekstil sanoatida IT yoʻnalishlarini qamrab oluvchi oʻquv markazi ham faoliyat koʻrsatadi. Bu esa viloyatimizda tekstilm sohasini yuqori bosqichga olib chiqish, sanoatga yetakchi xodimlarni yetkazib berish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali mahsulotlar sifatini Yevropa standarti darajasiga olib chiqish va eksport hajmini oshirish imkoniyatini beradi.

Umumiy maydoni 1 gektarni tashkil etuvchi ushbu texnoparkda 150 nafar ishchi oʻrni ham yaratiladi.