XOQ Tokio Oʻyinlarining ochilish marosimida 6 ming sportchi qatnashishini rejalashtirmoqda

    Sport 19 Yanvar 2021 782

    Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida 6 mingdan koʻp boʻlmagan sportchi ishtirok etishini rejalashtirmoqda.

    Dastavval Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida 200 mamlakatdan keladigan taxminan 11 ming sportchi ishtirok etishi kutilgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli ochilish marosimini ixchamlashtirishga qaror qilindi. Tashkilotchilarning asosiy vazifasi marosimning ochilish hududida odamlarning koʻpayib ketmasligini taʼminlashdan iboratdir.

    Oʻtgan yili Tashkiliy qoʻmita Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazishni rasmiy ravishda soddalashtirishni yoqlab chiqdi. Shunga qaramasdan, Olimpiadaning 2021-yilga koʻchirilganligi va koronavirus pandemiyasiga qarshi choralar sababli bu musobaqalar uchun xarajatlar ortib, 1,64 trillion yenani (15,9 milliard dollarni) tashkil etmoqda. Eslatib oʻtamiz, Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi 2021-yilning 23-iyul sanasiga belgilangan.