Viloyatda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Hazorasp, Bog'ot, Shovot tuman bo'limlari hamda filiallarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqida tashkilot rasmiy manbalari xabar bermoqda.
Shovot tumani filialida o'rnatilgan katta monitorlar orqali onlayn tarzda birvarakayiga uchta tumanda ramziy arqonlar kesildi. Tantanali ochilish marosimida mutasaddilar va aholi vakillari ishtirok etdi.
Zamonaviy moddiy-texnik bazasi, zamon talablariga mos telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan yangi binolarda majlislar zali, arxiv va ma'naviyat xonalari hamda boshqa bo'limlar uchun ish xonalari qurilib, yangi mebellar, zamon talablariga javob beradigan turli texnik vositalar bilan ta'minlandi.