Indoneziyada eni atigi 280 santimetr bo'lgan mehmonxona qurildi

    Arxitektor Saxabat Seloenening noyob loyihasi asosida uylar orasidagi kichik yer maydonida zamonaviy mehmonxona qad ko'tardi.

    “PituRooms” binosining maksimal eni atigi 280 santimetrni tashkil qiladi, biroq bu uning to'liq savdo obyektiga aylanishi uchun yetarli bo'ldi.

    Binoning balandligi 17 metr. Xonalar yettita bo'lib, o'lchamlari 2,8 x 3 x 2,4 metr. Binoda kichik zal, vestibyul, tepasida ochiq ayvon mavjud. Inshootda nogironlar aravachasida harakatlanadigan odamlarga mo'ljallangan kichik lift ham joy olgan.

    Har bir xonada yuvinish uchun alohida joy ajratilgan bo'lib, yashash uchun barcha sharoit mavjud. Xonalar o'ziga xos tarzda bezatilgan, deb xabar beradi techcult.ru.