Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha oʻtkazilgan reyd davomida fuqaro E.S. tomonidan Urganch shahar “Ashxobod” mahallasida joylashgan binoda yosh yovvoyi sher noqonuniy saqlab kelinayotganligi maʼlum boʻldi.
Huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 92-moddasiga koʻra bayonnoma rasmiylashtirildi. E.S. bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari — 1 million 700 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi. Yovvoyi yirtqich esa vaqtincha saqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Nukus hayvonot bogʻi”ga topshirildi.
Holatga aniqlik kiritish, yovvoyi sher bolasining qanday olib kelinganligi va qayerdan sotib olinganligini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borish uchun toʻplangan hujjatlar Urganch shahar IIBga yuborildi.