Xorij avtotransportlarining Oʻzbekistonda boʻlish muddati uzaytirildi

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi qaror qilgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilib, 2020-yil hisobidan qaytarib olib chiqish muddati tugaydigan xorijiy avtotransport vositalarini respublikamiz hududidan qaytarib olib chiqish muddati 2020-yil 1-noyabrdan 2021-yil 1-aprelga qadar uzaytirildi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi.

    Eslatib oʻtamiz, 23-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev oʻz telegram kanalida Respublika maxsus komissiyasi, chegaralar ochilguncha, bunday avtomobillarning Oʻzbekistonda boʻlish muddatini uzaytirishi yoki chiqib ketishi uchun maxsus koridor yaratib berishi kerakligi, mutaxassis va masʼullar vaziyatni xolis baholab, hal etish choralarini koʻrishini soʻrab, murojaat qoldirgan edi.