Yashash yoki boʻlish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan quyidagilar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib oʻtilishi mumkin:
turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori va ularning har biri uchun 5 oʻramdan ortiq boʻlmagan dori vositalari;
5 birlikdan ortiq boʻlmagan tibbiy buyumlar.
Bunda bir oʻramda:
qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun — 100 birlikdan ortiq emas;
eritma tayyorlash uchun qoʻllaniladigan kukunlar uchun — 500 grammdan ortiq emas;
granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun — 50 grammdan ortiq emas;
infuzion eritmalar va oral (ogʻiz orqali) qoʻllaniladigan eritmalar uchun — 500 millilitrdan ortiq emas;
inyeksiyalar uchun eritmalar — 10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq emas;
tashqi dorilar uchun — 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchining oʻramida boʻlishi kerak.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi