Unda senatorlar, ekspertlar, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Tadbirda yalpi majlisda muhokama etilishi nazarda tutilgan qator masalalar haqida Qoʻmita raisi M.Qodirxonova maʼlumot berib oʻtdi.

“Nobank kredit tashkilotlari va moliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”, “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”, “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”, “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlar, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti, ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi 2021-yil yakuni boʻyicha axboroti, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida xotin-qizlar uchun belgilanayotgan kafolatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Qoʻmita majlisida Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti ham eshitildi.

Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.