“Xotira va qadrlash kuni“ munosabati bilan Toshkent va Samarqand oʻrtasida qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi

    Transport 7 May 2025 1161

    9-may “Xotira va qadrlash kuni“ munosabati bilan yoʻlovchilarning talablari oshishini inobatga olgan holda Toshkent va Samarqand oʻrtasida qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyilmoqda.

    “Temiryoʻlekspress“ AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, respublikamiz boʻylab dam olish kuni qilib belgilanganligi sababli yoʻlovchilarning talablari oshishini inobatga olgan holda yuqori tezlikda harakatlanuvchi 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand“ “Afrosiyob“ elektropoyezdi joriy yilning 8, 9, 10, 11-may kunlari qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

    Qoʻshimcha qatnovlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

    • 775-sonli “Samarqand — Toshkent“ yoʻnalishi:
    • Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15
    • 776-sonli “Toshkent — Samarqand“ yoʻnalishi:
    • Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14