Unga koʻra, Yakkabogʻ tuman markazidagi 15 gektar yaroqsiz suvli bogʻ maydonining 2,0 gektar qismida zamonaviy talablar asosida EKO-bozor barpo etiladi.

Shuningdek, tanlangan maydonda zamonaviy loyihalar asosida 7 dona 7 qavatli hamda 25 dona 9 qavatdan iborat koʻp qavvatli arzon uy-joylar qurish va tuman markazida boʻlgan zahiradagi yer maydonida (10,5 gektar) davlat-xususiy sherikchilik asosida madaniyat va istirohat bogʻi qurish, egalik qilish, ekspluatatsiya qilish va qaytarish (Build, Own, Operate, Transfer) modeli asosida xususiy tadbirkorlarga taklif etish koʻzda tutilgan.

Qayd etilishicha, Gʻuzor tumanida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga va uy-joyga muhtoj yosh oilalar uchun 10 ta 5 qavatli turarjoy binolaridan iborat massiv tashkil qilinadi.

Shu bilan birga, tumanidagi 14 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarini ikki bosqichli tizimga oʻtkazish orqali tabiiy gaz taʼminotini yoʻlga qoʻyish va mahalliy ahamiyatdagi 28,2 km yoʻllarni mukammal taʼmirlash ishlari bajarilishi ham belgilangan.