Shu bois mamlakatimizda keyingi yillarda mazkur yoʻnalishdagi ishlarda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Davlat kadastrlari palatasi Yerlarni auksionga chiqarish boʻlimi bosh mutaxassisi Zuhriddin Faxriddinovning aytishicha, 2022-yilda yerlarni kelishish, koʻrib chiqish, autsionga tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tizimli ravishda monitoring va nazorat ishlari amalga oshirilgan.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi qaroriga asosan 90 mingdan ziyod yer uchastkalari elektron avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritildi. Shuningdek, ushbu qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomga asosan yakka tartibdagi turar joy qurish uchun 1 ming 500 ta yer uchastkasi "YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilib, 200 dan ortiq yer uchastkalari auksion savdoga chiqarildi.
Shuningdek, 2022-yilda bir muhim yangilik joriy etildi. Yaʼni "YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga xulosa berish, koʻrib chiqish muddatlari qisqartirildi.
Xususiylashtirish tizimida esa uy-joyni xususiylashtirish narxlari 20 barobardan viloyat markazlarida 10 barobarga, tumanlarda esa 5 barobarga qisqartirildi.
Bundan tashqari, 2023-yildan ham tizimga oʻzgartirishlar kiritish kutilmoqda. Natijada yangi uslubda va qisqa muddatda yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish ishlari jadallashtirilib, 50 mingga yaqin yer uchastkalari tizimga kiritiladi va savdoga chiqarladi.