Buning natijasida rossiyalik ish beruvchilar va masʼul tashkilotlar bilan kelishgan holda koʻplab fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.

Rossiya Federatsiyasining koʻplab ish beruvchi korxonalari vakillari mamlakatimizning turli hududlarida boʻlib, fuqarolar bilan suhbat oʻtkazmoqda.

Suhbatlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolardan 203 nafari 22-fevralda, 246 nafari 23-fevralda, 221 nafari 24-fevralda Rossiya Federatsiyasining “PIK Industriya” AJ, “StroyKraft”, “Texstroy” va “SpesGrad” MCHJlarda ishlash uchun Toshkent xalqaro aeroporti orqali uchib ketdi. Shuningdek, bugun yana 200 dan ortiq fuqarolarimizni “PIK Industriya” AJda ishlash uchun tashkillashtirilgan holda joʻnab ketmoqda.

Rossiyada ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizga aeroportda tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.

Yurtdoshlarimiz belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli obyektlarda ish boshlaydi.