Unga koʻra, Tadbirkorlik va isteʼmolchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobat va notoʻgʻri reklamaning oldini olish maqsadida Agentlik tomonidan 2021-yil mobaynida 27 mingga yakin oʻrganishlar oʻtkazilgan boʻlib, shundan 15 ming 486 holatda turli kamchiliklar aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari koʻrilgan.
Agentlik tomonidan reklama qilinishi qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan mahsulotlar, xususan tamaki, elektron sigaretalar, energetik ichimliklar, alkogol, pivo, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar reklamasi boʻyicha aniqlangan holatlar bartaraf etilishi taʼminlangan.
Misol uchun, ommalashib borayotgan totalizator va bukmekerlik faoliyati reklamasi.
Maʼlumki, bugungi kunda respublikamizda totalizator va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish va albatta, bunday xizmatlarni reklama qilish noqonuniy hisoblanadi. Shu maqsadda oʻtkazilgan 1 105 ta oʻrganishlarda 102 ta ta holatda bunday xizmatlar reklamasi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan.
Shunindek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 30 dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish cheklab qoʻyildi. Bu sohadagi ishlar davom etmoqda.
Savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari tashqi va ichki qismida reklama qilinishi taqiqlangan mahsulotlarga, yayne tamaki, alkogol, elektron sigaret, pivo va boshqa reklama-axborotlarini joylashtirish holatlari boʻyicha olib borilgan 2 611 ta oʻrganishlar davomida 1 ming 71 ta holatda aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilingan. Shunindek daraxtlarga oʻrnatilgan 3 416 ta noqonuniy reklama va eʼlonlar olib tashlanishi taʼminlangan.
Bundan tashqari, moddiy madaniy merosning 386 ta koʻchmas mulk obyektlarida tashqi reklamani joylashtirish boʻyicha oʻrganishlar olib borilganda. Natijada 25 dan ortiq holatda ruxsatsiz reklama joylashtirilganligi aniqlangan va ularga nisbatan tegishli choralar koʻrilgan.
Soʻnggi yillarda ommalashib borayotgan axborot almashish va tarqatish manbai hisoblangan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamalarning 4 387 ta holati yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi va aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etildi. Agentlik tomonidan doimiy ravishda dori vositalari, biologik faol qoʻshimchalar va boshqa davolash preparatlari, ragʻbatlantiruvchi tadbirlar, nodavlat taʼlim va xorijda oʻqish xizmatlarini koʻrsatish, davolash, tibbiy xizmat va diagnostika xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq reklamalar boʻyicha ham oʻrganishlar oʻtkazib borilmoqda.
Misol uchun, dori vositalari, biologik faol qoʻshimchalar (BAD) va boshqa (ozdiruvchi, semirtiruvchi) preparatlarga oid reklamalarni keltirib oʻtsak. Oʻtgan yil davomida oʻrganilgan reklamalarning 395 tasida kamchiliklar aniqlangan va bartaraf etilgan.
Shu bilan birgalikda notoʻgʻri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchiga 146 mln soʻm miqdorda yetkazilgan ziyon toʻliq hajmda qoplanib berilgan.