Navro'z bayrami tuhfasi sifatida bunyod etilgan mazkur ta'lim muassasasi Investitsiya dasturi asosida “Agromir Buildings” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 31 milliard so'm mablag' evaziga qurildi.

Maktabda o'quvchilarning ta'lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xonalar fanlar bo'yicha jihozlangan, kutubxona, qizlar uchun texnologiya xonasi, sport zali hamda elektron interaktiv doskalar o'quvchilarning bilim olishiga yaqindan yordam beradi.
***
SHuningdek, viloyatning 16 ta tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limlari mudirlariga xizmat avtomobillari topshirildi.
