Uning boshchiligida “Karpat” zotli 200 oila asalari parvarish qilinmoqda. Ayni paytda u shogirdlari Yusuf Yunusov, Azizbek Xoliqov, Nozim Sharipovlar bilan birgalikda bahor fasli kirib kelishi bilan asalari oilalari muolajasi bilan bogʻliq amaliy ishlarni olib bormoqda.
Gulchang yigʻish mavsumi yaqinlashayotgani hisobga olinib, arilar koʻchma pavilyonlar vositasida qayragʻoch, akatsiya, bodom, oʻrik kabi daraxtlar gavjum maydonlarga koʻchirilmoqda. Shuningdek, Yoqub aka “Bagfas” zotli arilarni koʻpaytirishni rejalashtirmoqda.
Yil davomida har bir oiladan 15 kilogramdan 30 kilogramgacha sof asal olish imkoniyatini beradigan mazkur zot koʻp yillik tajribaga ega asalarichida katta qiziqish uygʻotgan.
Ob-havo injiqliklari kuzatilgan oʻtgan yilda soha xodimlariga ancha qiyin boʻldi. Ularning ilk tongi quyoshli kelgan yangi mavsumdan umidlari katta.
Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati