Yangi Nafas – ekiden musobaqalari erkaklar, ayollar va aralash estafetada oʻtkaziladi.
Har bir jamoa 7 ta ishtirokchidan iborat boʻlishi kerak, bunda har bir yuguruvchi 1 aylana - 3,18 km masofani yugurib oʻtishi kerak boʻladi. Jamoa “Yangi Oʻzbekiston” istirohat bogʻi hududida maʼlum bir yugurish marshruti boʻylab jami 22,26 km masofani bosib oʻtishi, har bir ishtirokchiga jamoaning estafeta lentasini uzatishi kerak.
Jamoaviy musobaqalarda 15 yosh va undan katta yoshdagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin. Ayni paytda iticket.uz saytida roʻyxatdan oʻtish jarayoni ochiq.