Unda B.Mahkamov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi xodimi ekani aytilgan.

Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tomonidan holat zudlik bilan oʻrganilib, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Fuqaro B.M. 2019-2020-yillarda Qoʻqon shahar hokimligida Investitsiya va tashqi savdo boʻlimi bosh mutaxassisi, chet el investorlari bilan memorandumlar tuzish mutaxassisi boʻlib ishlagan.

Shular inobatga olinib, fuqaro B.M. bilan Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi oʻrtasida 2021-yil 12-yanvarda “Haq evaziga xizmat koʻrsatish” shartnomasi imzolanib, u boʻsh turgan obyektlarni aniqlash va hisobini yuritish, obyektlarning geolokatsiyasini aniqlash va elektron bazaga kirish ishlariga yordamchi sifatida jalb etilgan.

Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, fuqaro B.Mahkamov Qoʻqon shahrida quriladigan “Aqlli bekat” loyihasini Qoʻqon shahar hokimligiga tasdiqlatishni vaʼda qilib, aldov yoʻli bilan tadbirkordan 1500 AQSH dollari olganligi maʼlum qilingan.

Fuqaro B.M. Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasida mutaxassis boʻlib (shtatda) ishlamagan va u vaʼda bergan “Aqlli bekat” loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish hududiy boshqarma faoliyatiga oid ish hisoblanmaydi.

Boʻsh turgan obyektlardan samarali

foydalanishni tashkil etish markazi