“Buyuk o'zbek yo'li” ruknida beriladigan mazkur maqolada tiriklik va inson mohiyati haqida falsafiy fikrlar aytilgan. “Inson butun mohiyati bilan ijtimoiy hodisa. U qanchalik xususiy – har bir inson alohida qadriyat bo'lmasin, o'z fe'l-atvori, qarashlari, jamiyatda tutgan o'rni va ijtimoiy taraqqiyotga bog'liqligi jihatidan umumiydir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda biz har bir insonga alohida voqelik sifatida uning jamiyat taraqqiyotiga qo'shadigan hissasini, o'tkazadigan ta'sirini alohida nazarda tutmog'imiz lozim”, deyiladi maqolada.
Shuningdek, maqolani o'qishingiz asnosida inson nima uchun makrokom ichidagi mikrokom ekani, bu murakkab ruhiy holatning hayotiy ifodasi haqida keng qamrovli fikrlar bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi.
O'zgarayotgan dunyoda mafkuraviy immunitet yoki g'oyaviy kurashchanlik fazilati nima uchun kerak? Ayniqsa, har bir inson alohida va to'laqonli tizim ekan, uning ana shu serqirra, rang-barang va ziddiyatli olamiga mos ravishda g'oyaviy ta'sirini qanday kuchaytiramiz? Bunda yoshlar olamini yaxlit holda qamrab olish qanday amalga oshiriladi, degan savollarga ham javob topish mumkin.
Muallif bu vazifalarni bajarishning UCHTA O'ZIGA XOS JIHATI haqida so'z yuritadi. Bular: TA'SIRCHANLIK, HOZIRJAVOBLIK va KONKRETLILIK.
Xullas, bu haqda bilib olish uchun “Yangi O'zbekiston” gazetasi mushtariylarida ajoyib imkoniyat bor.