Yangi O‘zbekistonda tinchlikka shukronalik yarashadi

    Fikr 26 Iyul 2023 4432

    Inson qo‘lidagi ne»matlarga shukur qilar ekan, ne»matlar ziyoda bo‘lishiga guvoh bo‘ladi. Ilm-ma»rifatning ziyoda bo‘lishi uchun bir ne»mat borki bu yurt tinchligidir. Qancha yurtlar bor tinchlik, halovat, hotirjamlik nimaligini bilmaydi.

    Ilm olayotgan halovat, lazzat va muhabbat bilan o‘qir ekan, bilingki, endi uning ana shu ilmga bo‘lgan rag‘bati oshib boraveradi.

    Halovatga tinchlik bilan, ofiyat bilan intilamiz. Shuning uchun bugun tinchlikni qadriga yetaylik!

    Tinchlikka harakat hamda birdamlik bilan erishiladi. Qanoatli, shukr qiluvchi banda haqiqiy boy hisoblanadi. Shukrning qanoatdan ham afzallik jihati bor. Shukr ne'matning boriga xursand bo‘lish barobarida qalb xotirjamligiga kafolat hamdir.

    Qarang, Yurtimiz tinch. O‘qishga, ishga ketayotgan farzandning ota-onasi nima deydi? «Bolam, yaxshi o‘qib kelgin», «O‘g‘lim, ishing baroridan kelsin» yoki «Yaxshi borib kelgin», — deydi.

    Bugun boshida urush kechayotgan diyorlardagi ota-onalar esa «Bolam, diydor qiyomatga qolmagan bo‘lsa, ko‘rishamiz», — deb farzandlarini kuzatadi.

    Ayrim hududlarda notinchlik, beqarorlik, xunrezlik hukm surayotgan bir vaqtda Yangi O‘zbekistondagi tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash uchun ham o‘zaro yanada inoq va ahil bo‘lib yashashimiz, birlashib bir kuchga aylanishimiz kerak.

    Bugungi kunda turli ziddiyatlar chiqarish va shu yo‘l bilan o‘z g‘ayr maqsadlariga erishishni ko‘zlaydigan kuchlar borligini ham yoddan chiqarmasligimiz kerak. Shunday kuchlar bor ekan, nizoli vaziyatlarni sun’iy ravishda vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar ham to‘xtamaydi. Bu har bir aqli raso kishidan doimo ogohlik va hushyorlikni, sodir bo‘layotgan hodisalarga ziyrak ko‘z va teran nigoh bilan qarashni talab etadi.

    Shunday ekan, jamiyatimizda yashayotgan kishilarga dinimizni musaffo holda yetkazish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni biz uchun yot bo‘lgan g‘oyalar ta’sirlaridan himoya qilish, yoshlarni o‘z qat'iy qarashlari va e’tiqodiga ega, ma’naviy barkamol etib tarbiyalash har birimizning insoniy burchimiz ekanligini hyech qachon unutmasligimiz kerak.

    Zero, tinchlik-osoyishtalik hukm surgan joyda, yuksalish, taraqqiyot bo‘ladi. Mamlakat gullab-yashnaydi.

    Fatima Seydabdullaeva,

    Respublika Manaviyat va marifat markazi

    Xorazm viloyati Tuproqqala tuman bo‘linmasi rahbari.