Ushbu olimpiada Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019-yil 3-maydagi qarorida belgilangan vazifalar doirasida o'tkazilmoqda.
Ushbu olimpiadada umumta'lim maktablarining 100 nafarga yaqin 7-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.
Matematika fanidan 11 ta va dasturlash bo'yicha 15 ta ishtirokchi g'olib deb topildi. Matematika bo'yicha 1-o'rin, 2-o'rin va 3-o'rin sohiblari mos ravishda 1875000, 1250000, 625 000 so'm, dasturlash bo'yicha esa 1500000, 1000000, 500000 so'm pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ushbu o'quvchilar bilan tizimli ishlash ta'kidlandi.