“Prezident archasi” hamda “Yangi yil bayrami” tadbirlari oʻtkaziladigan joylarda harakat xavfsizligini taʼminlashga 2 ming 325 nafar yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimi safarbar etilgan boʻlib, bayram tadbirlari oʻtkaziladigan joylardan 150 metr uzoqlikda 282 avtoturargoh tashkil etildi.
Bundan tashqari, tadbir oʻtkaziladigan joylarda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida 177 koʻchani jismoniy yopish uchun jami 851 ta “Bdo-5” beton va temir toʻsiqlar yordamida transport vositalarining harakati cheklandi. Obyektlarga olib keluvchi yoʻllarga qoʻshimcha yoʻl belgilari oʻrnatildi.
Aholi gavjum boʻladigan tunggi koʻngilochar joylar atrofida transportni yetkazib berish xizmatlari tashkil etildi.