Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida joriy yilning 10-dekabridan 2025-yilning 15-yanvarigacha quyidagi koʻchalarda transport harakati cheklandi.
— Zarafshon koʻchasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qoʻriqlash punkti va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;
— Istiqlol koʻchasining A.Temur va Buyuk Turon koʻchalari oraligʻidagi qismi;
— Buyuk Turon koʻchasining Istiqlol koʻchasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha boʻlgan qismida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Koʻrsatilgan davr mobaynida haydovchilar muqobil yoʻllardan foydalanishi tavsiya etiladi.