Kichik sanoat zonasini tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Ikki oy muddatda kichik sanoat zonasi hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar (kabel, keramika va plastik mahsulotlar, metall konstruksiyalar) turlarini ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini joylashtirish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqiladi.