Yaponiya koinot chiqindilarini o'rganish uchun sun'iy yo'ldoshni orbitaga olib chiqdi

    Koinot chiqindilarini o'rganishga mo'ljallangan Active Debris Removal by Astroscale – Japan (ADRAS-J) sun'iy yo'ldoshi Electron raketasi vositasida orbitaga muvaffaqiyatli tarzda uchirildi.

    Bu haqda fazoviy kemani ishlab chiqqan Astroscale Japan kompaniyasi saytida xabar berildi.

    Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi manfaati uchun yaratilgan sun'iy yo'ldosh Yangi Zelandiyadagi Maxiya yarim orolidagi maydonchadan Rocket Lab kompaniyasining Electron raketasi vositasida Yerning quyi orbitasiga uchirildi, deb xabar beradi lenta.ru.